Biz haqimizda

“LEADER SCHOOL” — bu O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktablarini o‘z ichiga olgan eng yuqori malakali xususiy ta’lim muassasasidir. 20 yildan buyon bolalarni 3 yoshdan qabul qilib, nufuzli milliy OTM va jahon miqyosidagi raqobatbardosh universitetlar abituriyentlarni voyaga yetkazamiz.

Milliy an’ana hamda global ta’lim innovatsiyalarni birgalikda qo‘llaymiz. Kelajakdagi yaxshi sarmoya – o‘z farzandlari ta’limiga sarmoya ajratish ekanligiga ishonamiz.

Vazifamiz — o‘sib kelayotgan avlodda universal va muhim ko‘nikmalarni shakllantirish, kelajakda ularning kasbiy va shaxsiy barkamollikka erishish uchun poydevor yaratish.

O‘quvchilarimizni o‘qitishda yetarli tajribaga ega bo‘lib, eng yaxshi jahon amaliyoti va dasturlarni sinovdan o‘tkazgan holda Leader School Online maktab o‘z faoliyatini boshladi. Online-maktabimiz — bu har bir talabgorning bilim olishi mumkin bo‘lgan sifatli ta’lim.Sinovdan o‘tgan pedagogik metodikalar va zamonaviy texnologiyalar o‘qitishni jonli, dinamik, qiziqtiruvchi va shu bilan birga samarali qilishga imkon beradi.

Leader School Online — bu sifatni saqlab qolgan holda zavqli ta’limdan bahramand bo`lish demakdir.

Bizga qo‘shiling va o‘zingiz bunga ishonch hosil qiling!

top
Leader online © All rights reserved.
X